Farg‘onada ayollar kiyimini o‘margan erkak qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida erkak bozordan sotuvdagi 81 dona ayollar ko‘ylagini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea joriy yilning 4 aprelidan 5 aprel kuniga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs Loyihaviy ko‘chasida joylashgan bozorda qarovsiz qoldirilgan jami narxi 5 600 000 so‘mlik 81 dona ayollar ko‘ylaklarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Holat bo‘yicha Qo‘qon shaharlik S.B. IIBga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni P.D. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing