Farg‘onada kulolchilik sexi 7,6 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi (video)
3-sahifa
−
04 iyun 3524 1 daqiqa
Farg‘ona shahrida 7,6 milliard so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan kulolchilik sexi aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, shaharning “Jo‘ydam” MFYda joylashgan fuqaro S. Sh.ga qarashli kulolchilik sexida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda iste’molchi gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan va 7 milliard 655 million 718 ming so‘mlik zarar aniqlangan.
Bildirilishicha, noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahridagi korxona 3 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi.