Farg‘onada xotini va qaynotasini pichoqlab o‘ldirgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida erkak rafiqasi va qaynotasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.

Aytilishicha, tumanning “Jilva” MFYda yashovchi ayol oilaviy janjallar sabab bir necha bor ota uyiga qaytib kelgan. Shunga qaramay, uning turmush o‘rtog‘i qaynotasinikiga kelib, uni do‘pposlab ketgan. Shuningdek, marhumaning opasi singlisi eri tomonidan muntazam kaltaklab kelingani, hatto ko‘richagi yorilib ketganida ham turmush o‘rtog‘i shifokor chaqirmaganini ta’kidlagan.

Erkak xotini va ikki nafar farzandini olib ketish uchun kelganida rad javobini olgan. Shundan so‘ng u xonadonga kirib, qaynotasiga pichoq sanchgan. Dadasini himoya qilish uchun kelgan qiz ham pichoqlangan.

Holat yuzasidan shu kunning o‘zida Buvayda tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing