Farg‘onada ehson qutisini o‘g‘irlaganlar ushlandi. Qutida qancha pul bo‘lgan?

3-sahifa

image

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida noma’lum shaxslar yo‘l chetidagi ehson qutisini o‘g‘irlab ketgani haqida xabar berilgan edi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Ismoil Sharipovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, mazkur jinoyatni sodir etgan 3 nafar shaxs qo‘lga olingan.

"O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro E.N. o‘ziga tegishli Damas rusumli mashinada sheriklari B.V. hamda S.A. bilan birga 20 noyabr tungi soat 02:12 lar atrofida “Sarmazor” jome’ masjidi tashqarisiga o‘rnatilgan, ichida 80 ming so‘m pul bo‘lgan ehson qutisini o‘g‘irlab ketgani aniqlandi", deydi Ismoil Sharipov. 

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda ehson qutisi daliliy ashyo tariqasida olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. 

“Har qanday qonun buzilish holatiga jazo muqarrarligi ta’minlanadi”, deydi axborot xizmati boshlig‘i.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Toshkent shahri Olmazor tumanida 20 yoshli yigit do‘kon yonida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab ketgan edi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona o'g'irlik ehson qutisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing