Farg‘onada aliment to‘lamaslik uchun ayoli va qizini o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida erkak aliment to‘lamaslik uchun o‘z ayoli va 3 yoshli qizchasini o‘ldirgan erkak qamaldi. Bu haqda “Zamon” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning 3 noyabr kuni spirtli ichimlik ta’sirida qaynotasining uyiga kelgan fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan. Ayol avvalroq turmush o‘rtog‘ini aliment undirish masalasida sudga bergan va sud qaroriga ko‘ra erkak 15 sutkaga qamalgan.

Qayd etilishicha, erkak jazo muddatini o‘tab chiqqach, er-xotin o‘rtasidagi mojaro yanada keskinlashgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u aliment to‘lashdan qutulish maqsadida voyaga yetmagan farzandlari ko‘z o‘ngida cho‘ntagida olib kelgan oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘iga bir necha marotaba tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng u 2023 yilda tug‘ilgan qiziga ham pichoq bilan zarba bergan.

Zarbalar oqibatida bola voqea joyida halok bo‘lgan, ayol esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Jinoyatni sodir etgan erkak voqea joyidan qochib ketgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a”, “v”, “j”, “i” bandlari bilan aybdor deb topib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvlroq Sirdaryo viloyatining Shirin shaharchasida norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing