Farg‘onada 1,3 mlrdlik psixotrop modda ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatiga 1,3 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan shug‘ullanib kelgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan sudlangan A.Sh. “Xo‘ja Ilg‘or” MFYdagi bojxona postida umumiy bahosi 1,3 mlrd so‘mlik 9 ming 542 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud “Zardeks” nomli dori vositalarini Qirgiz Respublikasidan O‘zbekistonga olib kirayotgan paytda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish), 246-moddasi (kontrabanda) va 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarini xaridorlarga yetkazib berish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jinoyat Farg'ona dori psixotrop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing