EXPO-2025 ko‘rgazmasida O‘zbekiston oltin medalni qo‘lga kiritdi

Jamiyat

image

Yaponiyada tashkil etilgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tkazilgan EXPO-2025 butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oliy mukofot – oltin medalni qo‘lga kiritgan.

“Biz taqdim etgan “Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya” konsepsiyasida an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligi o‘z aksini topgan. G‘oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berdi. Barchani ruhlantirgan professionallik va ushbu loyihaga bo‘lgan ishonch uchun butun jamoaga, shuningdek, xalqaro hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deb yozgan Mirziyoyeva.

Qayd etish joiz, joriy yilning may oyida Saida Mirziyoyeva Yaponiyada bo‘lib o‘tgan EXPO-2025 ko‘rgazmasida ishtirok etgan va ochilish marosimidagi nutqida O‘zbekiston o‘z kelajagini barqaror taraqqiyot, ta’lim va innovatsiyalarda ko‘rishini alohida ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada bo‘lib o‘tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Yaponiya Saida Mirziyoeva Prezidenti Administratsiyasi EXPO-2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing