Eto`O butsasini “mix”ga ildi
Sport
−
07 sentabr 2019 6022 1 daqiqa
Hujumchi Samuel Eto'O o‘zining "Instagram" sahifasida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Tugadi. Yangi chorlovlar sari olg‘a. Hammaga rahmat aytib qolaman, deb yozgan Eto'O.
Sobiq futbolchi 4 marta Afrikada "Yil futbolchisi" deb topilgan.
38 yoshli kamerunlik futbolchining oxirgi klubi "Qatar SK" bo‘lgan edi.
Futbolchi faoliyati davomida "Qatar SK"dan tashqari "Real", "Leganes", "Espanol", "Malorka", "Barselona", "Inter", "Anji", "Chelsi", "Everton", "Sampdoriya", "Antalyaspor" va "Konyaspor" klublarida o‘ynagan.
Forvard 1996-2014 yillar davomida Kamerun terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust