Eto`O butsasini “mix”ga ildi

Sport

image

Hujumchi Samuel Eto'O o‘zining "Instagram" sahifasida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
 Tugadi. Yangi chorlovlar sari olg‘a. Hammaga rahmat aytib qolaman, deb yozgan Eto'O.

Sobiq futbolchi 4 marta Afrikada "Yil futbolchisi" deb topilgan.

38 yoshli kamerunlik futbolchining oxirgi klubi "Qatar SK" bo‘lgan edi.

Futbolchi faoliyati davomida "Qatar SK"dan tashqari "Real", "Leganes", "Espanol", "Malorka", "Barselona", "Inter", "Anji", "Chelsi", "Everton", "Sampdoriya", "Antalyaspor" va "Konyaspor" klublarida o‘ynagan.

Forvard 1996-2014 yillar davomida Kamerun terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

futbolchi mixga

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing