Ertaga Mirzo Ulug‘bek aholisi suvdan, Bektemir aholisi gazdan uziladi
Jamiyat
−
27 avgust 2020 5275 2 daqiqa
Ertaga, 28 avgust kuni 2020 - 2021 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish rejasi asosida Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv 3 mavzesi nasos stansiyasi oldida ichimlik suv tarmog‘i yopqichlarini almashtirish ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan 28 avgust soat 10:00 dan soat 19:00 ga qadar quyida keltirilgan manzillarda ichimlik suvi ta’minotida bosimi pasayadi, ba’zi hududlarda vaqtinchalik to‘xtatiladi:
Ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladigan hududlar:
Qorasuv 1 mavzesi:
• Ko‘p qavatli uylar - 14, 15, 36, 45.
Qorasuv 3 mavzesi:
• Ko‘p qavatli uylar - 13, 14;
• 8-oilaviy poliklinika;
• Stomatologiya.
Qorasuv 4 mavzesi:
• Ko‘p qavatli – 2.
Suv bosimi pasayadigan hududlar:
Qorasuv 1 mavzesi:
• Ko‘p qavatli uylar - 23, 24... 31, 32ABV, 33, 34, 35.
Qorasuv 6 mavzesi:
• Ko‘p qavatli uylar - 16, 17, 19ABVG, 22.
Avayxon ko‘chasi:
• Ko‘p qavatli uylar - 1, 2...15.
Shuningdek, ertaga, 28 avgust kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar Bektemir tumani “Suvsoz” mavzesida joylashgan gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
• Mustaqillik ko‘chasi;
• Chashma ko‘chasi;
• M.Avezov ko‘chasi;
• Qo‘qon Darvoza ko‘chasi;
• J-60 ko‘chasi;
• M.Avezov 1-tor ko‘chasi;
• Zilola MFY;
• “Mirishkor” MFY;
• “Rohat” MFY;
• “Istiqlol” MFY; -
• “Suvsoz” mavzesidagi barcha ulgurji iste’molchilar.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025