Ertaga qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet ertaga, 24 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, ba’zi joylarda 12-15 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, cho‘l hududda ba’zi joylarda 10-13 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliq, cho‘l hududlarda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Joriy yilning 23-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi. 23 yanvar kuni ertalab O‘zbekiston bo‘yicha asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 23 yanvar kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 23-24 yanvar kunlari harorat kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.  23-26 yanvar kunlari respublmikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing