Ertaga havo harorati qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
21 may 1269 3 daqiqa
O‘zgidromet ertaga, 22 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda ba’zida shamol 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda ba’zida shamol 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda ba’zida shamol 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida kuchli chang bo‘roni kuzatilgandi. O‘zgidromet bergan axborotga ko‘ra, poytaxt havosida PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 44,95 mkg/m3 ni tashkil etgan. Bu esa ruxsat etilgan me’yordan 1,28 marta oshganini bildiradi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Baxtiyor Po‘latov ushbu voqea bo‘yicha mutaxassis fikri asosida tushuntirish berar ekan, eng asosiy sabab – salqin shimoliy havo oqimi va janubdan kirib kelayotgan issiq havo massasining to‘qnashuvi, bosimning noodatiy ortishi va keskin shamol kuchayishi ekanini aytgan. Bu havo massalari o‘rtasidagi keskin harorat farqi kuchli shamolni keltirib chiqargan.
Live
Barchasi