Eronga qisqa vaqt ichida AQSHni tark etish topshirildi – G‘alenoyi

Sport

image

Eron milliy terma jamoasiga Los-Anjelesni tark etish uchun bir necha soatgina vaqt berildi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Amir G‘alenoyi Belgiyaga qarshi o‘yindan keyin matbuot anjumani so‘z ochdi. 

“Biz ketishimiz kerak. Futbolchilar tiklanishi uchun vaqtga muhtoj”, deydi murabbiy matbuot anjumanida.

G‘alenoyining aytishicha, viza bilan bog‘liq cheklovlar sababli jamoa o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun juda kam vaqtga ega bo‘lmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belgiyaga qarshi bahs oldidan ham terma jamoada tayyorgarlik uchun atigi 16 soat vaqt bo‘lgan, shuningdek, futbolchilar yana bir qisqa aviaparvozni amalga oshirishga majbur bo‘lgan.

“Menimcha, hech kim bunday sharoitga dosh berib, maydonda shunday o‘yin ko‘rsata olmasdi”, deydi Eron terma jamoasi ustozi.

G‘alenoyi jamoasi og‘ir logistik sharoitlarga qaramay, har bir o‘yinda bor kuchini ishga solayotganini ta’kidladi.

Xabarlarga ko‘ra, Belgiyaga qarshi bahs tugaganidan ko‘p o‘tmay Eron terma jamoasi avtobusi stadionni tark etgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlaridan biri futbolchilar politsiya kuzatuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aeroportga yo‘l olganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Eron terma jamoasi hozirda “G” guruhida 2 ochko jamg‘argan holda 2-pog‘onani egallab turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing