Erondagi tartibsizliklarda 2000 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
13 yanvar 3909 1 daqiqa
Eronda norozilik namoyishlari boshlangandan beri, xavfsizlik xodimlari bilan birga 2000 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 13 yanvar kuni “Reuters” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shaxsini oshkor etishni istamagan Eron rasmiysi bilan intervyu o‘tkazgan. Suhbat davomida eronlik rasmiy namoyishchilar va xavfsizlik xodimlarining o‘limi ortida terrorchilar turganini aytgan. U aynan kimlar halok bo‘lgani haqida aytmagan.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda mamlakatda vaziyat nisbatan barqarorlashgan bo‘lsa-da, to‘liq tinchlik o‘rnatilgani yo‘q.
Erondagi og‘ir iqtisodiy sharoitlar tufayli yuzaga kelgan tartibsizliklar so‘nggi uch yil ichida davlat uchun eng jiddiy ichki inqiroz bo‘lib aylandi. Bu holat o‘tgan yili Isroil va AQSHning hujumlar va xalqaro bosimning kuchayishi fonida yanada keskinlashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erondagi tartibsizliklar kuchayib borayotgan bir paytda, AQSH Eron yadroviy ob’ektlariga zarba bermoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi