Eronda “Oskar”ga nomzod bo‘lgan film ijodkori hibsga olindi
Olam
−
17:43 1249 1 daqiqa
“Oddiy tasodif” filmi ssenariysi uchun 2025 yilgi “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan eronlik ijodkor Mehdi Mahmudian hukumatning namoyishchilarga qarshi keskin choralarini qoralagani sababli hibsga olindi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan ssenariy muallifi hukumatning namoyishchilarga nisbatan shafqatsizlarcha bostirishlarini qoralovchi bayonotni imzolaganidan so‘ng qo‘lga olingan.
AQSHda joylashgan Inson huquqlari faollari axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Mahmudyan bayonotni imzolagan bir nechta shaxslardan biri hisoblanadi. Ushbu bayonotda jami 17 nafar shaxs – taniqli advokatlar, san’atkorlar va fuqarolik faollari imzo chekkan.
Mahmudyan va boshqa imzolovchilarning ayni paytda qayerda ekani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Shuningdek, ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishlarning tafsilotlari ham oshkor qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil dekabr oyining oxirida Eron milliy valyutasi rialning keskin qadrsizlanishi mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Hukumat bunga javoban xavfsizlik choralarini kuchaytirib, politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va boshqa o‘ldirmaydigan kuch vositalaridan foydalandi. Namoyishlar oqibatida minglab odamlar halok bo‘lgan.
Live
Barchasi