Eronda namoyishchilarni “otib tashlash”ga ruxsat etildi

Olam

image

Eronda AQSH va Isroil zarbalari ortidan ichki vaziyat yanada keskinlashdi. Mamlakat xavfsizlik idoralari namoyishchilar va jinoyat gumondorlariga qarshi o‘qotar qurol qo‘llashga ruxsat berilganini bildirgan. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Eron politsiyasi rahbari Ahmad Rizo Radan davlat televideniyesiga bergan intervyusida urush sharoiti sabab gumon qilingan o‘g‘rilarga nisbatan “ko‘rgan zahoti otish” buyrug‘i berilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga tushgan shaxslar qurol orqali harakatdan to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, parlamentning milliy xavfsizlik komissiyasi a’zosi Salar Velayatmadar ham namoyishlarga chiqqan yoshlar haqida keskin ogohlantirish bergan. Davlat telekanali orqali efirga uzatilgan intervyuda u ota-onalarni farzandlarini namoyishlardan tiyishga chaqirib, aks holda og‘ir oqibatlar bo‘lishi mumkinligini iddao qilgan.

So‘nggi haftalarda mamlakatda bir qator politsiya bo‘limlari va “Basij” harbiylashgan guruhi ob’ektlariga hujumlar qayd etilgan. Hukumat esa bu holat yangi ko‘cha namoyishlariga turtki berishi mumkinligidan xavotirda.

Joriy yil dekabr oxiridan beri Eronda talabalar ishtirokida keng ko‘lamli norozilik namoyishlari kuzatilmoqda. Hukumat internetni cheklab, namoyishlarda ishtirok etganlarga nisbatan qattiq jazo choralarini qo‘llashini urg‘ulagan.

Tehron rasmiy hisobotlarda minglab qurbonlar borligini tan olgan. Biroq inson huquqlari tashkilotlari va mustaqil manbalar halok bo‘lganlar soni ancha yuqori bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron universitetlarida hukumatga qarshi yangi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing