Erondagi maqbarada terakt uyushtirganlikda gumonlangan 4 kishi qo‘lga olindi
Olam
−
14 avgust 2023 2890 1 daqiqa
Eronning Fors viloyatidagi Shoh Cherax maqbarasida sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, to‘rt kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Fors viloyati bosh prokurori Kozim Museviyga tayanib, “Entekhab” agentligi xabar berdi.
“Kechagi teraktga aloqadorlikda gumon qilingan to‘rt nafar shaxs qo‘lga olindi. Hujumni amalga oshirgan terrorchini so‘roq qilish davom etmoqda”, degan prokuror.
Eron televideniyesi hujum uchun javobgarlikni ISHID terror tashkiloti o‘z zimmasiga olganini e’lon qilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur holat Shoh Cherax maqbarasidagi ikkinchi teraktdir. O‘tgan yilning 26 oktyabr kuni maqbaraga hujum uyushtirilgandi. Hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi yaralangan. 2023 yil 8 iyul kuni hujumga aloqador ikki kishi qatl etilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 avgust oqshomida Sheroz shahrida noma’lum shaxs Shoh-Cherax maqbarasiga bostirib kirib, o‘t ochgandi. Oqibatda ikki kishi o‘lgan, sakkiz kishi yaralangandi.
Live
Barchasi