Eronda Isroilga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl qilindi
Olam
−
20 Oktabr 2025 2732 1 daqiqa
Eronning Qum shahrida Isroil razvedka agentligiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl qilindi. Bu haqda “Associeted Press” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sud hukmi joriy yilning 18 oktyabr kuni ijro etilgan. Oliy sud ayblanuvchining afv etish so‘rovini qanoatlantirmagan.
Xabarda ayblanuvchining shaxsi oshkor etilmagan, biroq u Isroil bilan razvedka xizmatlarida ishtirok etishda ayblanib, Eron jinoyat kodeksiga ko‘ra o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Qayd etilishicha, u 2023 yil oktyabr oyida Isroil razvedka xizmatlari bilan aloqa va hamkorlikni boshlagan va to‘rt oy o‘tib, 2024 yil fevralida hibsga olingan.
Shuningdek, ayblanuvchi Isroil razvedkasiga maxfiy ma’lumotlarni taqdim etgan va Eron ichida missiyalarni amalga oshirgan. Ayg‘oqchilikning mohiyati va shaxsning hibsga olingan sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar oshkor etilmagan.
“Eron sud tizimi bunday qatllarni milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur ekanligini takidlagan”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoniga giyohvand moddalarni olib kirishga urinishda ayblangan olti nafar Eron fuqarosi qatl etilgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi