Eronda AQSH zarbasi sabab 10 ming kishi suvsiz qoldi

Olam

image

AQSHning Eron janubidagi suvni chuchuklashtirish inshootlariga bergan zarbasi 10 ming kishini suvdan mahrum qildi. Bu haqda Eron Qizil Yarim Oy jamiyati xabar berdi.

“Eron janubidagi Hormozgan viloyatining Jask okrugidagi Bonji aholi punktining suv tozalash va elektr energiyasi ishlab chiqarish inshootlari raketa zarbalariga uchradi. Oqibatda o‘n ming aholisi bo‘lgan yigirmata qishloq suvsiz qoldi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etish joiz, AQSH va Eron nizoning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Joriy yil 12 iyulga o‘tar kechasi Amerika harbiylari Eron hududida, Fors ko‘rfazi sohillarida va Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida 140 ga yaqin nishonga hujum qildi.

Vaziyat 7 iyulda yangidan keskinlashganidan beri amerikaliklar turli ob’ektlarga jami 300 dan ortiq zarba yo‘llagan. Eron janubidagi Busher, Gengan va Dire shaharlaridagi Eronning raketa va dron bazalari, harbiy-dengiz ob’ektlari, o‘q-dori omborlari, aloqa tarmoqlari hamda qirg‘oq razvedka punktlari nishonga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 8 iyul kuni Anqaradagi NATO sammitida Eron bilan tuzilgan sulh yakunlanganini e’lon qilgan edi. Eron parlamenti spikeri Muhammad-Bog‘ir G‘olibaf esa, o‘z navbatida, bir tomonlama bitimlar davri tugaganini ma’lum qildi va AQSHni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi shartlariga rioya qilmagani uchun qasos olinishidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing