Eron Turkiyaga ballistik raketa uchirdi
Olam
−
19:43 8953 1 daqiqa
Bugun, 30 mart kuni Eron hududidan uchirilgan ballistik raketa Turkiya havo hududiga kirib keldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu mojaro keskinlashganidan buyon qayd etilgan to‘rtinchi holat.
“Eron hududidan uchirilgani aniqlangan ballistik raketa Turkiya havo hududiga kirib keldi va Sharqiy O‘rta yer dengizida joylashtirilgan NATOning havo hujumidan mudofaa hamda raketaga qarshi mudofaa kuchlari tomonidan zararsizlantirildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Erondan mamlakatga yo‘naltirilgan raketa haqida bayonot bergandi va bu mavzuda Eronni keskin ogohlantirgandi. Shundan so‘ng ikkinchi bor Eronning ballistik raketasi Turkiya havo hududida urib tushirildi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mazkur hodisa bo‘yicha Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali suhbatlashgan va uni Turkiya havo hududini buzmaslikka chaqirgandi.
Live
Barchasi