Eron Hormuzda BAA tankeriga zarba berdi
Olam
−
08:41 3158 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklari Eronni Hormuz bo‘g‘ozida neft tankeriga hujum qilishda aybladi. Bu haqda BAA Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Bayonotga ko‘ra, ADNOC neft-gaz kompaniyasiga tegishli tanker bo‘g‘ozdan o‘tayotgan paytda ikki dona dron bilan hujumga uchragan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Rasmiylar bu harakatni xalqaro dengiz yo‘llaridagi erkin harakatga zid, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini buzuvchi harakat sifatida baholagan. Shuningdek, bunday hujumlar mintaqaviy barqarorlik va global energetika xavfsizligiga tahdid solishi ta’kidlangan.
BAA tomoni Erondan bunday harakatlarni to‘xtatishni talab qilgan.
Shu bilan birga, Eron avvalroq AQSH harbiy kemalarining bo‘g‘oz hududiga kirishiga yo‘l qo‘ymaganini ma’lum qilgan. Eron axborot agentliklariga ko‘ra, dengiz kuchlari “dushman” kemalarni ogohlantirib, hududdan chiqarib yuborgan.
Ammo AQSH tomoni bu ma’lumotni rad etgan. AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) hech bir harbiy kema zararlanganini tasdiqlamagan va mintaqada kemalar harakatini ta’minlash operatsiyalari davom etayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp avval Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi tijorat kemalarini kuzatib borish uchun “Ozodlik operatsiyasi” boshlanganini e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi