Eron har kuni 500 mln dollar yo‘qotmoqda – Tramp
Olam
−
21 aprel 2955 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron iqtisodiy jihatdan katta zarar ko‘rayotganini va har kuni taxminan 500 million dollar yo‘qotayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social sahifasida yozib qoldirdi.
Unga ko‘ra, Eron har kuni taxminan 500 million dollarni “havoga sovuryapti”, AQSH esa bu vaziyatda zarar ko‘rmayapti.
Trampning yozishicha, Eron Hormuz bo‘g‘ozida o‘t ochgan va bu sulh shartlarini buzish hisoblanadi. Uning aytishicha, o‘q uzishlar asosan Fransiya kemasi va Buyuk Britaniyaga tegishli yuk kemasi tomon yo‘naltirilgan.
Uning ta’kidlashicha, Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopganini aytmoqda, ammo AQSH allaqachon bu hududni bloklagan va bu holat Eronning o‘ziga zarar keltirmoqda. Trampning so‘zlariga ko‘ra, yopilish oqibatida Eron har kuni katta daromaddan mahrum bo‘lmoqda, AQSH esa zarar ko‘rmayapti.
Prezident shuningdek, agar Eron AQSH taklif qilayotgan kelishuvni qabul qilmasa, “qattiq choralar” ko‘rilishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, elektr stansiyalari va ko‘priklar nishonga olinishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Tramp AQSH “adolatli va oqilona” kelishuv taklif qilayotganini, Eron esa uni qabul qilishi kerakligini bildirgan. Aks holda, u Eron infratuzilmasiga jiddiy zarba berilishi mumkinligini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp, agar delegatsiyalar bo‘lajak muzokaralarda muvaffaqiyatga erishsa, Eron rahbariyati bilan uchrashishga tayyorligini bildirgandi.
Live
Barchasi