Erdo‘g‘an Tramp bilan nimani gaplashganini ochiqladi

Olam

image

Agar Ukraina bo‘yicha muzokaralarga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qo‘shilsa, AQSH Prezidenti Donald Tramp ham ushbu muzokaralarga ishtirok etishga tayyor. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an TRT Haber'ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Menimcha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda tinchlikka umid bor. Biz tomonlarni yana bir marta muzokara stoliga olib kelish uchun harakat qilamiz. Hatto bu uchun igna bilan quduq qazish kerak bo‘lsa ham, biz bunga tayyormiz”, degan Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, u NATO sammiti doirasida Tramp bilan Rossiya-Ukraina mojarosini muhokama qilgan. 

“Suhbat davomida Tramp Prezident Vladimir Putin Istanbul yoki Anqaraga kelsa, u ham Turkiyaga tashrif buyurishini aytdi”, degan Turkiya rahbari. 

Erdo‘g‘an bu imkoniyatni “tinchlik sari jiddiy qadam” deb atagan va muzokaralarni davlat rahbarlari darajasida o‘tkazish Turkiyaning asosiy maqsadi ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralar Istanbulda 16 may va 2 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan. Muzokaralarda asirlar almashinuvi, halok bo‘lgan harbiylar jasadlarini topshirish kabi shartlarga kelishilgan hamda bu shartlar allaqachon amalga oshirilib ham bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 25 iyun kuni NATO sammiti doirasida Gaagada AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. Prezidentlar o‘rtasidagi muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Donal'd Tramp Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing