Erdo‘g‘an Nyu-Yorkka borish oldidan Putin bilan uchrashmoqchi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan sentyabr oyida va BMT Bosh Assambleyasining 19 sentyabrga belgilangan 78-sessiyasining yuqori darajadagi haftasi boshlanishidan oldin muzokara o‘tkazmoqchi. Bu haqda Anqaradagi siyosiy doiralardagi manbasiga tayanib, TASS agentligi xabar berdi.

"Erdo‘g‘an va Putin Bosh Assambleya ochilishidan oldin uchrashadi. Keyinroq emas. Yakuniy sana hali kelishuv bosqichida, ammo bu BMT Bosh Assambleyasigacha bo‘ladi", degan manba. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar Ukrainadagi mojaroni “tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollarini muhokama qilish” niyatida.

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an va Putin g‘allaning asl kelishuvi bo‘yicha shartlarni hamda oziq-ovqat yetkazib berishning muqobil variantlarini ko‘rib chiqmoqchi. 

“Anqaraning pozitsiyasi bir necha bor ifodalangan, shu jumladan, bir necha kun oldin, Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Kiyevda nazariy muqobillardan farqli o‘laroq, yetkazib berish yo‘nalishi bo‘yicha don shartnomasining asl nusxasi eng maqbul ekanini ta’kidladi. Rossiyada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda kelishuvni avvalgi ko‘rinishda qayta tiklash masalasi bir butun sifatida muhokama qilinadi. Ammo g‘allaga muhtoj mamlakatlarga yetkazib berishning mumkin bo‘lgan muqobil variantlari ham kun tartibida bo‘ladi”, deydi agentlik suhbatdoshi.

Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘an 9-10 sentyabr kunlari G20 sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga boradi. 17-21 sentyabr kunlari Turkiya rahbari BMT Bosh Assambleyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun AQSHda mehmon bo‘lishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyadagi diplomatik manba Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv Sochida rejalashtirilgani, ehtimoliy sana sifatida 4 sentyabr mo‘ljallanayotganini aytgandi. “Bloomberg ” nashri esa turk rasmiylariga tayanib, Erdo‘g‘an 8 sentyabr kuni Rossiyaga borishi mumkinligi haqida xabar berdi, biroq Turkiya rahbari ma’muriyati bu ma’lumotga izoh bermadi. Turkiyaning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi matbuot kotibi Omer Chelik muzokaralar o‘tkaziladigan joy Sochi bo‘lishini tasdiqladi, biroq sanani aytmadi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi yaqin orada bo‘lib o‘tishini aytgan, biroq aniq sanalarni ochiqlamagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing