Endi jinoyatchilikka qarshi kurashganlarga pul mukofoti beriladi
Jamiyat
−
02 fevral 2023
7932Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol ishtirok etgan va o‘rtacha yoki og‘ir tan jarohati olgan yoxud halok bo‘lgan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori belgilandi.
“Fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida o‘rtacha og‘ir va og‘ir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da yoxud halok bo‘lganida (vafot etganida) uning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi”, deyiladi qarorda.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar)lar darajasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash taklifi bilan hududiy idoralararo komissiyaga, respublika darajasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar esa – respublika idoralararo komissiyaga murojaat qiladi.
“Respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar taqdimnoma va boshqa asoslovchi hujjatlar tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalasini ko‘rib chiqadi. Fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida o‘rtacha og‘ir tan jarohati olganda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi”, deya qo‘shimcha qilinadi qarorda.
Shuningdek, og‘ir tan jarohati olganda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi.
LiveBarchasi