Endi pensiya va nafaqalarni tayinlashda yashash joyidan ma’lumotnoma talab qilinmaydi
Jamiyat
−
18 iyun 2019
4269Joriy yilning 17 iyun kuni pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, farzandi tug‘ilganligi munosabati bilan bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tayinlashni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan shaxslardan mehnat daftarchasining nusxasi va yashash joyidan ma’lumotnoma talab qilinmaydi.
Shuningdek, yoshga doir pensiya va nafaqalarni, nogironlik pensiyasini, dafn etishga bir martalik nafaqa tayinlashda yashash joyidan ma’lumotnoma talab qilinmaydi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash yig‘majildida O‘lim to‘g‘risida guvohnomaning asli o‘rniga nusxasini taqdim etiladi.
LiveBarchasi