Endi “Open budget” loyihalari ovoz yig‘masdan g‘olib bo‘lishi mumkin

Jamiyat

image

“Tashabbusli byudjet” loyihalarini aholi va davlat o‘rtasida sherikchilik asosida moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi va agar loyihalar qiymatining yarmini aholi qoplasa, ushbu loyihalar avtomatik g‘olib deb topiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 avgustda qabul qilingan “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan boshlab ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.

Bunda, tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.

Loyihalar sheriklik asosida moliyalashtirilganda:

  • ovoz berishda ishtirok etmagan holda g‘olib deb topiladi;
  • tegishli mahallalarga tanaffus berish amaliyoti qo‘llanmaydi. 

Shuningdek, 2025 yil 1 oktyabrga qadar “Ochiq byudjet” axborot portalida “Tashabbusli byudjet” doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning interaktiv xaritasi ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidentning mazkur qarori bilan endilikda “Tashabbusli byudjet” doirasida “Deputatlar tashabbusi” amaliyoti joriy etilib, dastur doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihalar deputatlar tomonidan g‘olib deb topilishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tashabbusli byudjet Open budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing