“Duşmanlarga signal”: Eronda yirik “raketa şahri” oçildi (video)
Olam
−
13:43 1453 2 daqiqa
Eronda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) Havo-kosmik kuçlarining yer ostida joylaşgan yangi raketa şahari oçildi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.
Raketa majmuasi Qurolli kuçlar Boş ştabi boşliği Ali Abdullohi va IIQK Havo-kosmik kuçlari qömondoni Sayid Majid Musaviyga taqdim etilgan. Xabar qilinişiça, yer ostida turli ballistik va qanotli raketalar, şuningdek, ularning uçiriş qurilmalari joylaşgan.
Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibaf yangi raketa şahri Eronning duşmanlariga aniq va oşkora signal ekanini bildirgan.
“IIQK Havo-kosmik kuçlarining yangi raketa şahri oçilişi – bu Eron xalqining mamlakat mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qiliş borasidagi qa’tiyligining namoyon bölişidir. Bugun namoyiş etilgan narsalar ortida olimlar va muhandislarning köp yillik mehnati, qömondonlarning donoligi hamda eng oğir şaroitlarda taslim bölmay, uşbu keng kölamli va muhim loyihani oxiriga yetkazgan jangçilarning keçayu kunduzlik kuraşi turadi”, deydi parlament raisi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi (CENTCOM) Eronning yadroviy dasturi haqida ma’lumot taqdim etganlik uçun 20 million dollargaça miqdorda mukofot berilişini, şuningdek boşqa joyga köçib ötişda yordam körsatiş imkoniyatini e’lon qilgandi.
Live
Barchasi