Durov yangi SI tarmog‘ini taqdim etdi

Texnologiya

image

Telegram asoschisi Pavel Durov sun’iy intellekt so‘rovlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi markazlashtirilmagan hisoblash tarmog‘i – Cocoon ishga tushirilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ushbu tarmoq foydalanuvchilarga AI xizmatlaridan 100% maxfiy, xavfsiz va ancha arzon narxlarda foydalanish imkonini beradi. 

30 noyabr kuni e’lon qilingan bayonotda Durov Cocoon'ning asosiy maqsadi markazlashgan yirik provayderlarga – Microsoft, Amazon kabi kompaniyalarga qaramlikni kamaytirish ekanini bildirdi. Uning aytishicha, ishlab chiquvchilar Cocoon orqali past narxlardagi hisoblash quvvatlariga ega bo‘ladi, bu esa AI servislarini yaratish va boshqarishni sezilarli darajada samaraliroq qiladi.

Tadbirkor, shuningdek, grafik kartaga ega foydalanuvchilar Cocoon tarmog‘iga ulanish orqali o‘z uskunalarining bo‘sh quvvatini tarmoqqa taqdim etib, real vaqt rejimida TON kriptovalyutasini qazib olishi mumkinligini ta’kidladi. Bu tizim tarmoqni yanada kengaytirish va uning ishlash barqarorligini oshirishga yordam beradi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, Telegram'ning ayrim funksiyalari, xususan, xabarlarni avtomatik tarjima qilish bilan bog‘liq AI so‘rovlari allaqachon Cocoon orqali qayta ishlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq OpenAI yangi AI modeli GPT-5’ni taqdim etgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Telegram AI Cocoon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing