Dunyodagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi. Toshkent nechanchi o‘rinda?
Olam
−
27 may 13467 1 daqiqa
Qozog‘istonning Olmaota shahri 2025 yil uchun Markaziy Osiyodagi eng yaxshi shahar deb topildi. Bu haqda “Oxford Economics Global Cities Index” reytingida so‘z boradi.
Reytingga ko‘ra, Qozog‘istonning Olmaota shahri Markaziy Osiyodagi eng yaxshi shahar deb topilgan hamda dunyodagi eng yaxshi shaharlar orasida 258-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston poytaxti Toshkent esa Markaziy Osiyodagi eng yaxshi shaharlar orasida 3-o‘rinni, dunyoda esa 471-o‘rinni qayd etgan.
Ushbu reyting iqtisodiyot, inson kapitali, hayot sifati, ekologiya va boshqaruv kabi besh toifa bo‘yicha tuzilgan hamda unga 1000 ta shahar kiritilgan.
Markaziy Osiyodagi shaharlar reytingi:
- Olmaota – 258-o‘rin (1-o‘rin mintaqada)
- Ostona – 276-o‘rin
- Toshkent – 471-o‘rin
- Bishkek – 498-o‘rin
- Shimkent – 534-o‘rin
- Ashxobod – 623-o‘rin
- Dushanbe – 683-o‘rin
Dunyoning eng yaxshi 10 shahri:
- 1. Nyu-York
- 2. London
- 3. Parij
- 4. San-Xose
- 5. Sietl
- 6. Melburn
- 7. Sidney
- 8. Boston
- 9. Tokio
- 10. San-Fransisko
Ma’lumot uchun, Oxford Economics – iqtisodiy tahlil va konsalting bilan shug‘ullanuvchi mustaqil xalqaro kompaniya bo‘lib, u tomonidan tuziladigan reytinglar global darajadagi shaharlarning strukturaviy afzalliklari, imkoniyatlari va muammolarini baholashga asoslanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston brendi dunyo davlatlari orasida o‘tgan yilga nisbatan o‘rnini yaxshilab, 57-o‘rindan 55-o‘ringa ko‘tarilgandi.
Live
Barchasi