Dunyoda milliarderlar soni rekord darajada ko‘paydi
Bu qiziq
−
10:38 1055 2 daqiqa
Joriy yilning aprel oyi holatiga ko‘ra, dunyodagi milliarderlar soni o‘tgan 12 oy ichida 13 foizga o‘sib, rekord darajani qayd etdi va 3302 nafarga yetdi. Bunday ma’lumotlar UBS bankining yillik hisobotida keltirilgan.
Bank baholashiga ko‘ra, hisobot davrida dunyoda milliarderlar soni 383 nafarga ko‘paygan, ularning umumiy boyligi esa 25 foizga oshgan. Turli mamlakatlarda milliarderlar soni va ularning boyliklari o‘sishidagi farqlar sezilarli darajada bo‘lgan. Janubiy Koreyada milliarderlar soni 31 nafardan 52 nafarga yetgan, ularning jami boyligi esa bir yil ichida 139 foizga oshgan. Chilida milliarderlar soni ko‘paymagan, lekin ularning boyligi 80 foizga oshgan. Chexiyada yana ikki nafar milliarder qo‘shilgan, ularning boyligi esa 60 foizga ko‘paygan. Oltita davlatda milliarderlar soni kamaygan. Ular orasida Saudiya Arabistoni va Tailand ham bor.
Boyligi 1 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan shaxslarning eng ko‘pi AQSHda istiqomat qiladi – 1000 nafardan ziyod. 562 nafar milliarder Xitoyi fuqarolari, 211 nafar milliarder esa Hindistonda yashaydi. Kuchli beshlikni mos ravishda 193 va 122 nafar milliarder bilan Germaniya hamda Rossiya yakunlab beradi.
3302 nafar milliarderning katta qismi 50 mlrd dollardan kam bo‘lgan aktivlarga egalik qiladi. 18 kishining boyligi 50 mlrd dollardan 100 mlrd dollargacha baholanmoqda, qolgan 19 nafariniki esa 100 mlrd dollardan ortiqni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda dunyoda qariyb 1 million nafar dollardagi yangi millioner paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Bu kuniga o‘rtacha 2,6 ming nafar yangi millioner degani.
Live
Barchasi