Dunyo AQSH tufayli yangi inqirozga duch kelishi mumkin 

Olam

image

AQSHning Texas shtatidagi sovuq ob-havo tufayli dunyoga yangi global neft inqirozi tahdid qilmoqda. Bu haqda tahlilchilar va treyderlarga asoslanib xabar berilgan. 

Shtatdagi noqulay ob-havo tufayli neft qazib olish kuniga 4 million barrelga yoki 40 foizga kamaygan. 

Dastlab treyderlar ishlab chiqarish ikki-uch kunga qisqarishini kutgan, ammo so‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, pasayish hafta oxirigacha davom etadi. 

Neft qazib olishni to‘liq tiklash uchun bir necha hafta kerak bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, AQSH janubiga yopirilgan kuchli qor bo‘roni 21 kishining hayotiga zomin bo‘lib, millionlab oilalarni elektr energiyasiz qoldirgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

697

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing