Dominikanda kurort hududi yonib kulga aylandi (video)

Olam

image

Dominikan Respublikasida kecha, 19 iyun kuni sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida “Viva Dominicus Beach by Wyndham” kurorti to‘liq yonib ketdi va taxminan 1700 nafar sayyoh evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat vakillarining bildirishicha, yong‘in mamlakatning Karib dengizi sohilida joylashgan sharqiy turistik shaharchadagi mehmonxonada sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida bir italiyalik sayyoh halok bo‘lgan, yana bir nechta turistlar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.

“Viva Dominicus Beach by Wyndham” kurorti Bayyahibe hududida joylashgan bo‘lib, u AQSH va boshqa davlatlardan keladigan sayyohlar orasida mashhur dam olish maskani hisoblanadi.

Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 1690 nafar mehmon yong‘in sababli boshqa mehmonxonalar va yaqin hududlardagi joylarga evakuatsiya qilingan.

Favqulodda vaziyatlar markazi yong‘in juda tez tarqalganini, bunga shamol va kurort tomining qamish (somon) materialdan qilingan qismi sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni ertalab Hindiston poytaxti Nyu-Dehlining janubida joylashgan mehmonxonada yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida kamida 13 nafar xorijlik fuqaro halok bo‘ldi. Ular orasida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing