Dollarning rasmiy kursi keskin ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 14 apreldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 9693 so‘m 36 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 103 so‘m 26 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 10 599 so‘m 69 tiyinga baholanib, 234,71 so‘mga qimmatlashdi. 

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 7 so‘m 3 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 131 so‘m 43 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

287

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing