Dollar kursi 8600 so‘mga yaqinlashdi
Jamiyat
−
15 Iyul 2019 5804 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 iyuldan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 8584,50 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftaga nisbatan 6,14 so‘mga qimmatlashgan.
1 yevro kursi esa 45,52 so‘mga arzonlashib, 9673,87 so‘mni tashkil etgan.
Rubl kursining qiymati ham 1,82 so‘mga tushib, 1 rubl 136,34 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
Barchasi
O‘zbekiston shakar importini chekladi
27 Oktyabr