Dog‘istondagi qishloq Nurmuhammedovning otasi sharafiga nomlanishi mumkin 

Sport

image

Dog‘istondagi qishloqqa marhum sportchi Abdulmannop Nurmuhammedov nomi berilishi mumkin. Mahalliy deputatlar kengashi mazkur o‘zgarish yuzasidan ovoz berdi.

Unga ko‘ra, deputatlar sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov tug‘ilgan “Qirovaul” qishlog‘iga sportchining otasi marhum Abdulmannop Nurmuhammedov nomidan kelib chiqib, “Manapqala” deb nom berishni taklif qilgan. Endi yakuniy qaror federal hukumat darajasida qabul qilinadi.

Bu taklif dastlab 2020 yilda Habibning otasi vafotidan keyin qishloq raisi Muhammadrasul Dovudov tomonidan berilgan.

“Abdulmannopning bu qishloqqa juda ko‘p yordami tekkan, uning o‘rni boshqacha edi. Shuning uchun biz uning nomini abadiylashtirish maqsadida “Qirovaul” nomini “Manapqala”ga o‘zgartirishimiz kerak. Biz qishloq aholisi bilan maslahatlashamiz”, deydi qishloq raisi.

Ma’lumot uchun, Abdulmannop Nurmuhammedov 2020 yilning 3 iyul  kuni koronavirus kasalligidan 57 yoshida vafot etgan. Unga qadar u jangovar sambo bo‘yicha Dog‘iston Respublikasi terma jamoasining katta murabbiyi sifatida ishlab kelgan.

Shuningdek, sport murabbiyi professional faoliyati davomida erkin kurash bo‘yicha SSSR sport ustasi hamda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoni, dzyudo va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni kabi yutuqlarni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhammedov Abdulmannop Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing