Deputat Ursula fon der Lyayenni sudga berdi

Olam

image

Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenga ishonchsizlik votumini bildirish tashabbusi bilan chiqqan Ruminiya parlamenti deputati George Piperey uni tuhmat uchun sudga berdi. Bu haqda “Politico” gazetasi xabar berdi. 

Yevropa Ittifoqi Adliya sudiga murojaat qilgan “Yevropa konservatorlari va islohotchilari” o‘ng qanot guruhi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya rahbari 10 iyul kuni COVID-19 vaksinalarini xarid qilishda korrupsiya iddaolari bo‘yicha ishonchsizlik votumi bo‘yicha muhokamalar chog‘ida unga “shaxsan hujum qilishga” qaror qilgan va uni Rossiya buyruqlarini bajarayotganlikda ayblagan.  

Piperey fon der Lyayendan o‘z bayonotlari uchun rasmiy uzr kutmoqda.

Nashrning yozishicha, sud hali “da’voning maqbulligi to‘g‘risida qaror” chiqarmagan.

Yevroparlament 6-9 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda YeK rahbariga ishonchsizlik haqidagi ikkita taklifni muhokama qiladi va ovoz beradi. Manbalarga ko‘ra, har ikkala taklif bo‘yicha yonma-yon muhokama 6 oktyabrda, ovoz berish esa 9 oktyabrda alohida bo‘lib o‘tishi mumkin.

“Politico” nashriga ko‘ra, YeK rahbariga ishonchsizlik to‘g‘risidagi ikkita arizaning bir vaqtning o‘zida taqdim etilishi misli ko‘rilmagan hodisadir. Turli siyosiy spektrdagi fraksiyalar protsedurani deyarli bir vaqtning o‘zida – 10 sentyabr kuni, yarim tunda, fon der Lyayenning Yevropa Ittifoqidagi vaziyat to‘g‘risidagi nutqi oldidan boshladi. Manbalarning ta’kidlashicha, o‘ng qanot konservativ “Yevropa vatanparvarlari” fraksiyasi “So‘l”dan 20 soniya oldin ishonchsizlik taklifini taqdim etishga muvaffaq bo‘lgan, shuning uchun unga ovoz berish birinchi bo‘lib o‘tishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ursula fon der Lyayen Evropa Komissiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing