Denovda qariyb 15,5 ming tup ko‘knori ekkan erkak ushlandi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida ikkita xonadonidagi yerga 15 410 tup ko‘knori ekkan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Denov tumani hududida tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 1960 yilda tug‘ilgan Denov tumanida yashovchi fuqaroning uyi hamda yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida tekshirilgan. Natijada, uning uyida 1 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi borligi hamda molxonasiga olib boruvchi yo‘lning pastki zinapoya qismidagi beton devor yoniga uzunligi 4 metr, eniga 2 metr hajmdagi yer maydoniga jami 14 527 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash o‘simliklar ekilganligi aniqlanib, dalilliy ashyolar protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shuningdek, fuqaroning ikkinchi uyi ham ko‘zdan kechirilgan va uyning issiqxonasida 883 dona ko‘knori o‘simligi ekilgani ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, 1 dona o‘tkir tig‘li pichoq borligi aniqlanib, kelgusida tekshirib ko‘rish uchun tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan katta miqdordagi narkotik modda to‘xtatib qolingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo ko'knori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing