Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti kelgani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti-soati kelgani ta’kidlandi. Bu haqda bugun, 5 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi

Xizmat transportida yurishni qisqartirib, milliy avtomobil va mebelga o‘tish zarurligi aytildi north_east

Xizmat transportida yurishni qisqartirib, milliy avtomobil va mebelga o‘tish zarurligi aytildi

Bildirilishicha, bu borada jamoatchilik fikri juda muhim. Mutasaddilarga tez fursatda ushbu qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yib, 1 aprelgacha kiritish topshirildi.

Noqonuniy boylik orttirish uchun javobgarlik masalasini ham o‘ylab ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqida modda kiritish taklif qilindi. Ya’ni, davlat xizmatchisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlashi kerak bo‘ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy kengashni, parlamentning korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitalarini bu borada xalqaro andozalarga mos takliflarni ishlab chiqishga chaqirdi.

Yirik loyihalarni yuqori darajadagi korrupsiyaga qarshi standartlardan kelib chiqib baholash lozimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga bunday investitsiya loyihalarida xalqaro korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etish, yirik auksion shartlarini raqobatdoshlik ekspertizasidan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, “Shaffof qurilish” platformasi qamrovi oshirilishi, xalqaro tashkilotlar loyihalariga ham bosqichma-bosqich joriy qilinishi belgilandi. Bu ishlar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qurilishlarda subpudratchilarni yollash va 1 million dollargacha bo‘lgan loyihalardan boshlanadi.

Qog‘oz bayonnoma tuzish bekor qilingani uchun korrupsiya omillari keskin kamaydi – Mirziyoyev north_east

Qog‘oz bayonnoma tuzish bekor qilingani uchun korrupsiya omillari keskin kamaydi – Mirziyoyev

“Korrupsiyani oldini olish – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni “halollik vaksinasi” bilan emlashdan boshlanadi”, dedi Prezident.

Kadrlarni o‘qitish, tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yishda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasining yetakchi sifatidagi roli sezilmayotgani qayd etildi.

Kadrlarni baholashda eski namunadagi “ob’ektivka”dan voz kechib, ilg‘or IT texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tilishi belgilandi.

Lavozimga qo‘yishda xodimning qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘ladi. Bu borada nomzodning kamchiliklari bilan birga yaxshi taraflarini ham xolisona aytish kerak.

Bundan buyon mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan yoshlar orasidan rahbar kadrlar tanlab olinishi kerakligi ta’kidlandi.

Ishga qabul qilishni ochiq va shaffof o‘tkazish, davlat xizmatchilari reyestrini belgilash, kadrlarni korrupsiyaga moyilligini o‘rganish bo‘yicha farmon loyihasini kiritish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Shavkat Mirziyoev davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing