Davaktiv sobiq rahbari Akmalxon Ortiqov ishi sudga oshirildi
Jamiyat
−
08:45 5043 1 daqiqa
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining sobiq rahbari Akmalxon Ortiqov ishi sudga oshirildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi 20 iyul kungi cud majlisiga tayinlangan jinoyat ishlari ro‘yxatida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Akmalxon Juraxonovich Ortiqov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi)ning bir qator qism va bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.
U bilan birga yana 5 kishi sudlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Akmalxon Ortiqov korrupsiyaviy sxemalar sabab ishdan olingani ma’lum qilingan edi.
Yig‘ilishda davlat rahbari “O‘zbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard so‘mlik talon-torojliklar aniqlanganini aytib, barcha korrupsiyaviy sxemalar fosh etilishi va jazo muqarrarligi ta’minlanishini bildirgandi.
9 fevralda esa Prezident qarori bilan Sohibjon G‘ofurjonovich Murodov O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.
Live
Barchasi