“Dacha”ga borayotganlar ogohlantirildi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekistonliklardan mamlakatdagi mehmon uylariga internet orqali oldindan to‘lov qilishda shoshilmaslik so‘ralmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqdi.

Bildirilishicha, internet orqali, ayniqsa Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlaridagi “dacha”larni band qilish uchun oldindan to‘lov qilish bo‘yicha e’lonlar joylashtirilmoqda. Ularning orasida firibgarlar ham ishonarli e’lonlarni joylashtirmoqda. Suratlar va videolar haqiqiy e’lonlardan olingan bo‘ladi.

Farqi shundaki, firibgarlar katta va hashamatli uylarni juda arzon narxda taklif qiladi. Mijozlari ko‘pligini, oldindan to‘lov qilish zarurligini ta’kidlaydi. To‘lov qilingan zahoti bu haqdagi e’lon va chat o‘chirib tashlanadi.

“Bularga aldanmaslik uchun faqatgina rasmiy saytlardan foydalaning. Arzon narxdagi uylarga hech qachon oldindan to‘lov qilmang”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq mehmon uylari Dacha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing