COVID-19: koronavirusga chalinganlar 304 nafarga, vafot etganlar 3 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
13 iyun 2021
3709Kecha, 12 iyun kuni O‘zbekistonda 304 ta holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 103510 nafarga yetdi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 6 nafari Andijon viloyatida,
• 4 nafari Buxoro viloyatida,
• 13 nafari Jizzax viloyatida,
• 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 3 nafari Navoiy viloyatida,
• 7 nafari Namangan viloyatida,
• 29 nafari Samarqand viloyatida,
• 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 18 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 12 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 3 nafari Xorazm viloyatida,
• 59 nafari Toshkent viloyatida,
• 127 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Buxoro viloyatida 5 nafar,
• Jizzax viloyatida 20 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
• Navoiy viloyatida 2 nafar,
• Namangan viloyatida 7 nafar,
• Samarqand viloyatida 30 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 21 nafar,
• Xorazm viloyatida 8 nafar,
• Toshkent shahrida 161 nafar bemor sog‘aydi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 99416 (+264) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 708 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3386 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi