“Chorsu” bozori va “Eski Juva” majmuasi kompleks rekonstruksiya qilinadi
Jamiyat
−
30 iyul 2984 1 daqiqa
“Chorsu” bozori va “Eski Juva” majmuasi hududlari kompleks rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 279-sonli qarorida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi Vazirlar Maxkamasiga “Chorsu” bozori va “Eski Juva” majmuasi hududlarini kompleks rekonstruksiya qilish konsepsiyasi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishi va kiritishi lozim.
Bunda quyidagilarni nazarda tutilishi ta’kidlangan:
“Chorsu” bozorining me’moriy-tarixiy elementarini saqlash va restavratsiya qilish, jumladan, barcha gumbazlar hamda ulardagi mozaik pannolarni to‘liq saqlab qolish;
arxitekturaviy yechimlarda tarixiy qiyofani saqlash, gumbazli kompozitsiyaning silueti va dominantlarini o‘zgarishsiz koldirish;
rekonstruksiya ishlari davomida gumbazlar va mozaikalarga zarar yetkazilishining oldini olish bo‘yicha aniq choralarni belgilash;
loyihada ilmiy jamoatchilik, arxitektorlar, madaniy meros sohasi vakillarining taklif va xulosalarini inobatga olish.
Qarorga ko‘ra, mazkur ta’mirlash ishlari 2026 yil noyabr yakuniga qadar bitirilishi lozim. Ishga mas’ul qilib poytaxt hokimligi hamda Madaniy me’ros agentligi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur qarorga muvofiq, Toshkent shahar Yunusobod tumani Sayilgoh hududidagi barcha bino va inshootlarni “dizayn-kod” asosida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi