Chirchiqda bir guruh ko‘cha bezorilari ushlandi
3-sahifa
−
14:29 3427 1 daqiqa
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida DXX va IIV organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida o‘zlarini qonundan ustun qo‘yib, ko‘cha yechimi va bezorilik bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Xususan:
- Ikrom Erkinovich Saidov, 1988 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan sudlangan;
- Islom Erkinovich Saidov, 1990 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bilan sudlangan;
- Umidjon Zafar o‘g‘li Baizbayev, 1998 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan;
- A’zamjon Mansurovich Rustamov, 2001 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan;
- Qurbonali Nosirovich Suponov, 2002 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan;
- Mirzoxid Shuhratovich Farmonov, 1988 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.
Bildirilishicha, ushbu shaxslar umume’tirof etilgan xulq-atvor normalari va jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimasdan, oshkora ravishda jamoat tartibini buzib, bezoriliklar sodir etgan. Fuqarolarga ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazish orqali pul topish bilan shug‘ullanishgan.
Ushbu shaxslarning noqonuniy harakatlaridan jabr ko‘rganlar DXXning 1520 yoki IIVning 102 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termiz shahrida bezorilik harakatlarini sodir etgan bir guruh shaxslar qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi