Chipslar uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan kartoshka chipslari uchun kilogrammiga 15 ming so‘m miqdorda aksiz solig‘i joriy etilishi taklif qilinyapti. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2026-2028 yillar uchun taqdim etilgan byudjetnomaga taklif sifatida kiritilgan.

Qayd etilishicha, 2026 yil 1 apreldan boshlab iste’molga tayyor 1 kg kartoshka chipslari uchun 15 ming so‘m miqdorda aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin. Soliq kartoshka chipslarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va O‘zbekiston hududiga tovarlarni olib kiruvchilar tomonidan to‘lanishi belgilanyapti.

Mazkur taklif Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ortiqcha vaznga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining sog‘lom ovqatlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan va bu bo‘yicha boshqa davlatlar tajribalari o‘rganilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kod 8509 80) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

aktsiz solig'i Chips

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing