Chimayev mag‘lubiyatdan so‘ng UFC reytingida yetti pog‘ona pastladi

Sport

image

UFC promoushenida vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi jangchilar reytingi yangilandi. Unda faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatidan so‘ng Hamzat Chimayev yetti pog‘ona pastladi.

BAA sharafini himoya qilayotgan sobiq o‘rta vazn toifasi (84 kg gacha) chempioni, Hamzat Chimayev Nyuarkda (AQSH) bo‘lib o‘tgan UFC 328 turnirida amerikalik Shon Striklendga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng reytingda yetti pog‘ona pastladi.

UFC vazn toifasidan qat’i nazar reytingi top-10 ko‘rinishi quyidagicha:

  • Islom Maxachev (Rossiya);
  • Iliya Topuriya (Ispaniya);
  • Aleksandr Volkanovski (Avstraliya);
  • Aleks Pereyra (Braziliya);
  • Pyotr Yan (Rossiya);
  • Tomas Aspinall (Buyuk Britaniya);
  • Merab Dvalishvili (Gruziya);
  • Shon Striklend (AQSH);
  • Joshua Van (AQSH);
  • Hamzat Chimayev (BAA).

Ma’lumot uchun, Chimayev 2025 yilda janubiy afrikalik Drikus dyu Plessini hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan mag‘lub etib, UFC o‘rta vazn chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Avvalgi jangida esa Striklend Entoni Ernandesni nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Hamzat Chimaev Shon Striklend

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing