Chilonzorda o‘g‘rilar paydo bo‘lgani rostmi?
Jamiyat
−
21 dekabr 2023 12073 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘g‘rilar paydo bo‘lgani, ular aholi uxlayotgan vaqtda xonadonlar eshigini ochayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati munosabat berdi.
Aniqlanishicha, ushbu xabarda ko‘rsatilgan holatlar muqaddam Ichki ishlar organlari tomonidan mazkur hududlardagi videokameralarda qayd qilingan yozuvlar, ulardagi shaxslarni aniqlagan holda o‘rganilgan.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqda bu borada e’lon qilingan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagan.
“Shu bois, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan har xil haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan feyk xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz. Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi Bosh prokuratura munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari doirasida yana besh kishi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, ushlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr