Chiqindixonadan erkak kishining jasadi topildi
Olam
−
17:33 9241 1 daqiqa
Bugun, 12 mart kuni Qozog‘istonning Aqtobe shahrida joylashgan chiqindixonadan noma’lum erkak kishining jasadi topildi. Bu haqda Aqtobe viloyati politsiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jasad topilgani haqida xabar berilgach, voqea joyiga tezkor-tergov guruhi yetib borgan. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, dastlabki tekshiruv ishlari boshlangan.
Politsiya departamenti vakillarining bildirishicha, hozirda hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida zarur tergov harakatlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
“Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hodisaning barcha holatlarini aniqlash uchun bir qator zarur tergov va tezkor-qidiruv choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi Aqtobe viloyati politsiya boshqarmasi xabarida.
Hozircha tergov manfaatlarini inobatga olgan holda boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Nookat tumani Ko‘k-Bel qishlog‘ida yashovchi 20 yoshli qizning jasadi chorva molxonasidan osilgan holda topilgandi.
Live
Barchasi