Chery ommabop modellarga 5 yilgacha muddatli to‘lovni taklif etmoqda
Biznes
−
20 aprel 7320 2 daqiqa
Chery Uzbekistan shaffof va tushunarli moliyaviy takliflarni taqdim etish orqali zamonaviy avtomobillarni xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda. Brend o‘zining hamkori bo‘lgan “TrastBank” XAB bilan birgalikda ommabop modellar uchun yangilangan muddatli to‘lov dasturini taqdim qilmoqda.
Istalgan turmush tarzi uchun mos avtomobillar
Dastur alohida vazifalar uchun tanlab olish imkonini beradigan quyidagi asosiy modellarni qamrab oladi:
- Tiggo 2 Pro – tejamkor yonilg‘i sarfi va ifodali dizaynga ega bo‘lgan qulay shahar krossoveri.
- Arrizo 6 Pro – dinamika, harakat ravonligi va salonning premium toifadagi jihozlanishni o‘zida mujassam etgan shahar sedani.
Yillik 0% stavkasiga ega alohida shartlar
Ushbu shartlar Tiggo 2 Pro va Arrizo 6 Pro modellarining barcha mavjud komplektatsiyalari uchun amal qiladi, bu esa avtomobilni shaxsiy maqsadlar uchun tanlash imkonini beradi:
- 25% miqdoridagi boshlang‘ich to‘lov – 24 oygacha bo‘lgan muddat;
- 30% miqdoridagi boshlang‘ich to‘lov – 30 oygacha bo‘lgan muddat;
- 50% miqdoridagi boshlang‘ich to‘lov – 36 oygacha bo‘lgan muddat;
- 60% miqdoridagi boshlang‘ich to‘lov – 60 oygacha (5 yilgacha) bo‘lgan muddat.
Dastur to‘lovlarni byudjetingizga moslashtirish va xaridni imkon qadar qulay qilish imkonini beradi.
Avtomobillarni bo‘lib to‘lashga sotib olishning to‘liq qiymati:
- Tiggo 2 Pro Premium: 214 900 000 so‘m
- Arrizo 6 Pro (Life): 239 900 000 so‘m
- Arrizo 6 Pro (Comfort): 254 900 000 so‘m
- Arrizo 6 Pro (Intelligence): 279 900 000 so‘m
Rasmiylashtirishning soddalashtirilgan jarayoni
Chery Uzbekistan byurokratik to‘siqlarni minimallashtirgan holda avtomobil xarid qilish jarayonini imkon qadar tezkor ravishda amalga oshiradi. Dilerlik markazlaridagi kassalar mijozlarga navbatlarda turib qolmaslik va xaridni rasmiylashtirishni sezilarli darajada tezlashtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, xaridorlar trade-in dasturidan foydalanishlari mumkin: o‘zlarining amaldagi avtomobillari bilan kelishlari va uni qulay shartlar asosida yangi Chery’ga almashtirishlari mumkin.
Muhim ma’lumot
Dastur “Trastbank” XAB bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Moliyalashtirishning yakuniy shartlari avtomobilning ishlab chiqarilgan yili, daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjudligi, skoring natijalari va rasmiylashtirish hududiga qarab alohida tarzda shakllantiriladi. Ishtirok etishning majburiy sharti – bu xarid qilinayotgan avtomobilning sug‘urtalanishi. Maxsus taklif rasmiy dilerlik tarmog‘ida mavjud bo‘lgan avtomobillar uchun amal qiladi. Avtomobillar soni cheklangan.
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
Doimiy aloqa telefoni: +998712765555
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel