Buzoqning yugurgani somonxonagacha. Rossiya Telegram’ga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlayapti
Texnologiya
−
18 iyun 2020 8253 2 daqiqa
Roskomnadzor Rossiyada Telegram messenjerini blokdan chiqaradi. Bu haqda boshqarma Matbuot xizmatining bayonotida ma’lum qilingan.
"Biz Telegram asoschisi (Pavel Durov)ning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishga tayyorligini ijobiy baholaymiz", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi bilan kelishuvga binoan Roskomnadzor Telegram messenjeriga kirishni cheklash talablarini bekor qiladi.
Agentlik "terroristik va ekstremistik ma’lumotlarning tarqalishini, bolalar pornografiyasi, o‘z joniga qasd qilish va giyohvandlik vositalarini tarqatishni tezda to‘xtatish uchun" mamlakatdagi barcha Internet-kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirmoqda.
Rossiyada Telegram messenjerini bloklash bilan bog‘liq so‘nggi operatsiyaga 2018 yilning 16 aprel kuni start berilgan edi.
Shuningdek, 16 aprel kuni Roskomnadzor Telegram messenjer sifatida ishlagan Amazon, Microsoft va Google subnetlarining bir necha million IP manzillarini blokirovka qilishni boshladi. Shundan so‘ng, Rossiya Federatsiyasi hududida Amazon va Google tarmoq infratuzilmasini o‘z ichiga olgan bir qator Internet-resurslari va xizmatlarining ishida jiddiy uzilishlar yuz berdi. Telegram blokirovka qilinishiga qaramay, u ko‘pgina rossiyaliklar qulflarni chetlab o‘tish yo‘llari orqali undan foydalanishda davom etdi.
2020 yil aprel oyida Davlat Dumasi deputatlari Fedot Tumusov va Dmitriy Ionin Telegram’ga nisbatan o‘rnatilgan taqiqni olib tashlashda ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini tayyorladilar, chunki messenjerdan davlat idoralari tomonidan koronavirus haqida rasmiy ma’lumotlarni tarqatishda foydalaniladi. Xususan, Telegram’dagi kanallardan mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi vaziyat haqida rasmiy axborot berib borish va xorijda qolgan ruslarni qaytarish borasida foydalanish rejalashtirilmoqda.
Live
Barchasi